Rossiyaning «Progress MS-04» yuk kemasining halokatiga uni özi bilan olib uçgan «Soyuz-U» eltuvçi raketasi yiğilişi vaqtidagi kamçiliklar sabab bölgan. Bu haqda kosmik sanoatdagi manbaga asoslangan holda RIA Novosti xabar berdi.
Şu tariqa, ayni vaqtda halokatning asosiy sababi sifatida RD-0110 dvigatelli yiğilişida xatoga yöl qöyilgani talqin qilinmoqda. Bu talqin keyingi tahlillar yakunida tasdiqlanişi mumkin.
RD-0110 dvigateli Voronejdagi Ximavtomatiki korxonasida işlab çiqilgan.
Eslatib ötamiz, «Soyuz-U» raketa-taşuvçisi yangi seriyadagi «Progress MS-04» yuk kemasi bilan 1 dekabrda Toşkent vaqti bilan 19.52 da Boyqönğirdan Xalqaro koinot stansiyasiga uçirilgandi. Kema XKSga 2,5 tonnaga yaqin yuk, jumladan, yoqilği, suv va qöşimça yoqilği quyiş tizimlarini eltib berişi kerak edi.
«Roskosmos»ning ma'lumotlariga köra, «Progress» uçirilgandan keyin 383 soniya ötib, telemetriya yöqolib qolgan, ya'ni undan ma'lumotlar kelişi töxtagan.
«Progress-MS-04» kemasi bölaklarining köp qismi atmosferada yonib ketdi. Qolgan qismi Qizil şahridan 60—70 km uzoqlikka tuşgani taxmin qilinmoqda.
Ayni vaqtda taxmin qilinayotgan hududga (Tuva respublikasida) öt öçiruvçilar guruhi jönab ketgan.
«Vaziyatni aniqlaştiriş uçun respublikaning barça tumanlari bilan hamkorlik taşkil qilindi, öt öçiriş garnizonlari tezkor guruhi yuborildi. Ayni paytda navbatçi smena vaziyatni monitoring qilişda davom etmoqda, guvohlardan ma'lumot töplanmoqda. Jabrlanganlar haqida axborot kelib tuşgani yöq», — deyilgan favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.
Ma'lum qilinişiça, «Progress M-12M» yuk kemasining falokatga uçraşiga sabab bölgan raketa-taşuvçi bilan şunga öxşaş holat 2011 yil 24 avgustda raketaning 3-poğonasi işi vaqtida yuz bergan.

















