“Progress MS-11” fazoviy yuk kemasi Xalqaro koinot stansiyasiga 3 soat 22 daqiqada yetib borib, yangi rekord örnatdi. Bu haqda Moskva viloyatidagi parvozlarni boşqariş markazida ma'lum qilingan.

Kema XKSga belgilangandan 2 daqiqa tezroq yetib borgan.

“Progress”ni orbitaga “Soyuz-2.1a” raketasi olib çiqqan. U Boyqönğir kosmodromidan soat 14:01da start olgan, 14:10 da esa kema raketadan ajragan va sayyoramiz atrofida bor-yöği ikki marta aylanib XKSga yetib borgan.

Odatda Rossiya kemalari stansiyagaça 34 ta (24 kun ketadi) yoki 4 ta aylaniş (6 soat) bilan yetib borgan.  

“Progress” stansiyaga ilk bor yangi sxema böyiça 2018 yil 10 iyulda jönagan. Öşanda ballistik şaroitlar kemaga XKSga 3 soat 39 daqiqada yetib borişga imkon bergan. Kelgusida yangi texnologiyani nafaqat professional, balki turistik boşqariluvçi parvozlarga joriy qiliş rejalaştirilgan.

“Roskosmos” rahbari Dmitriy Rogozinning ma'lum qilişiça, 2020 yildayoq fazogirlar va turistlarni XKSga “Moskvadan Bryusselgaça parvozdan tezroq yetkaziş” imkoni paydo böladi.

Kema XKSga standart yuk – oziq-ovqat, yonilği, suv va siqilgan gazdan taşqari dinamik yoritiş tizimini yetkazgan. Tizim stansiyaning Rossiyaga tegişli modulida örnatilgaç, tongdan oqşomgaça kunduzgi yoruğlikni imitatsiya qiladi.