Xalqaro koinot stansiyasidan ajralgan “Progress MS-13” fazoviy yuk kemasi 8 iyul keçki payt Tinç okeanida çöktirilib yuborildi. Bu haqda “Roskosmos” korporatsiyasi xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, kemaning yonmaydigan elementlari Tinç okeanining kemalar harakatlanmaydigan va Yangi Zelandiyaning Vellington şahridan 1800 km uzoqlikdagi hududga tuşgan.
Kemani XKSdan ajratişga “Roskosmos” fazogirlari Anatoliy Ivanişin va Ivan Vagner tayyorlagan.
Kema XKSdan Toşkent vaqti bilan soat 23:22da ajralgan va hisob-kitoblarga muvofiq holda soat 3:05da Yer atmosferasiga kirgan.
Kema 2019 yil dekabrda XKSga 700 kg yonilği va gaz, 420 litr suv, standart oziq-ovqat töplami, bir tonnadan köproq turli qurilmalar va yukni, jumladan ilmiy-tadqiqot tajribalari uçun qurilmalar, gigiyenik va tibbiy vositalar yetkazgan. Bundan taşqari, XKS ekipaji vaznsizlik şaroitida jismoniy holatni saqlab turiş uçun yangi yuguriş yölakçasi olgan.
Navbatdagi “Progress MS-15” kemasining XKSga jönatilişi 23 iyulga Boyqönğir kosmodromidan amalga oşirilişi belgilangan. U XKSdagi 63-ekspeditsiyaga yonilği, suv va gaz zaxiralari, xizmat qurilmalari va hayotni ta'minlaş vositalarini yetkazadi.

















