Rossiya prezidenti Vladimir Putin Blagoveşçenskga safari davomida ikki kunga Janubiy Sibirda töxtab ötdi. Putin Tuvaga safari davomida suv osti ovi bilan şuğullandi. Natijada u çörtan baliq tutişga muvaffaq bölgan.   

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytişiça, Putin öziga yoqib qolgan baliqni tutiş uçun 2 soatga yaqin vaqt sarflagan. Putinning suv osti ovini uning özi ham boşiga örnatilgan Go Pro kamerasi yordamida suratga olgan.

"U boriş qiyin bölgan taygada böldi, u yerda toğ köllarida baliq ovladi, suv osti ovi bilan şuğullandi. Quyoşda toblandi, toğ daryolari böylab motorli qayiqlarda va sollarda, toğlar böylab piyoda va kvadrosikllarda yurdi", deb sözlab berdi Peskov. 

Putinga safari davomida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu hamda Xakasiya va Tuva rahbari hamrohlik qilgan.