Rossiyaning "Progress" kosmik yuk kemasi Tuvadagi kimsasiz toğli hudud ustida 190 km balandlikda falokatga uçradi. Kemaning aksariyat bölaklari atmosferada yonib ketgan, deb ma'lum qildi "Roskosmos".
Eslatib ötamiz, "Soyuz-U" raketa-taşuvçisi yangi seriyadagi "Progress MS-04" yuk kemasi bilan 1 dekabrda Toşkent vaqti bilan 19.52 da Boyqönğirdan Xalqaro koinot stansiyasiga uçirilgandi. Kema XKSga 2,5 tonna yuk, jumladan yoqilği, suv va boşqa zarur narsalarni yetkazişi kerak edi. "Roskosmos"ning ma'lumotlariga köra, "Progress" uçirilgandan keyin 383 soniyadan keyin telemetriya yöqolib qolgan, ya'ni undan ma'lumotlar kelişi töxtagan.
Ta'kidlanişiça, "Progress"ning yöqotilişi XKSning ekipaji faoliyati va tizimlarining normal işlaşiga ta'sir qilmaydi. Davlat komissiyasi uşbu vaziyatni tahlil qilmoqda.
Ma'lumotlarga köra, "Progress" bilan aloqa uzilişidan avval kemaning barbod bölişi qayd qilingan.
"Mavjud ma'lumotlarga köra, kema barbod bölişi qayd qilingan. Ehtimol, portlaş yuz bergan bölişi mumkin. Hozir ma'lumotlar tahlil qilinmoqda", deb aytilgan xabarda.
Kemaning bölaklari Tuva hududiga tuşgan bölişi mumkinligi aytilmoqda.
Ma'lum qilinişiça, "Progress M-12M" yuk kemasining falokatga uçraşiga sabab bölgan raketa-taşuvçi bilan şunga öxşaş holat 2011 yil 24 avgustda raketaning 3-poğonasi işi vaqtida yuz bergan.

















