Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegişli Crew Dragon’da ikki amerikalik fazogirning Xalqaro koinot stansiyasiga ilk parvozi 2019 yil apreliga belgilandi. Bu haqda NASA koinot agentligi ma'ruzasida aytilgan.
Ma'ruzada Crew Dragon’ning ikkinçi sinov parvozi 2019 yil noyabriga belgilangani ta'kidlab ötilgan.
Crew Dragon nomi bilan ham ma'lum bölgan Dragon-2 koinot kemasi SpaceX’ning xususiy köp martalik, boşqariluvçi koinot kemasi bölib, NASA buyurtmasi böyiça Commercial Crew Development dasturi doirasida loyihalangan. Kema koinotga Falcon 9 raketasi yordamida çiqarilişi kutilmoqda. Dragon ilk bor 2014 yil 30 mayida taqdim qilingan.

















