Xalqaro koinot stansiyasi bortidan tarixda ilk bor ikki ayol fazogir bir vaqtda oçiq koinotga çiqdi.
NASA agentligining xabar berişiça, amerikalik astronavtlar Kristina Kuk va Jyessika Meir Toşkent vaqti bilan soat 16.38da bir vaqtda oçiq koinotga çiqişgan.
Astronavtlar stansiya fermasidagi işdan çiqqan taşqi energoblokni almaştirişlari kerak. Ularga buni bajariş uçun 6,5 soat ajratilgan.
Kristina Kuk uçun bu stansiyaning taşqi tomoniga 4-çiqişi hisoblanadi, Meir uçun esa birinçisidir. Ikki ayol fazogirning oçiq koinotga çiqişi mart oyida yuz berişi kerak edi. Öşanda Kukka Enn Makkleyn şeriklik qilişi rejalaştirilgandi. Biroq Makkleynga töğri keluvçi skafandr topilmagan. Keyinroq skafandr XKSga yetkazilgan.
Tarix davomida 14 nafar ayol fazogir oçiq koinotga çiqqan. Buni birinçi bölib sobiq ittifoq fazogiri Svetlana Savitskaya 1984 yilda amalga oşirgan.

















