Bugun, 17 dekabrda rossiyalik fazogir Anton Şkaplerov hamda yaponiyalik va amerikalik astronavtlar Norişige Kanai va Skott Tingl Boyqönğir kosmodromidan Xalqaro koinot stansiyasi tomon “Soyuz MS-07” kemasida parvoz qiladi.
“Soyuz MS-07” kemasi orbitaga “Soyuz-FG” raketa taşuvçisi yordamida olib çiqiladi. Raketaga Toşkent vaqti bilan soat 12:21da start beriladi.
14 dekabrda XKSdan uç fazogir: rossiyalik Sergey Ryazanskiy, NASA va YeKA a'zolari Rendolf Breznik va Paolo Nespoli Yerga qaytişgandi.
Hozirda stansiyada rossiyalik Aleksandr Misurkin va NASA astronavtlari Mark Vande Xay va Jozef Akaba qolgan. Ular keyingi ekspeditsiya kelgunça stansiyada işlaşni davom ettirişadi.

















