1979 yildan buyon Angolani boşqarib kelgan Joze Eduardu duş Santuş 2017 yilgi prezidentlik saylovida qatnaşmaydi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Ma'lumotlarga köra, Angolaning hukmron «Angolani ozod qiliş xalq harakati» (MPLA) partiyasi prezidentlikka nomzodlar röyxatini e'lon qilgan. Unda amaldagi prezident ismi-şarifi körsatilmagan. 

Ta'kidlanişiça, MPLA rahbariyati hozirda mudofaa vaziri lavozimini egallab turgan Joau Lourenku nomzodini davlat rahbarligi uçun asosiy da'vogar sifatida tasdiqlagan.