Kuni-keça şaxmat toji unvoni uçun bahs olib borgan rossiyalik şaxmat ustasi Sergey Karyakin şaxmat böyiça 13-jahon çempioni Garri Kasparovning norvegiyalik jahon çempioni Magnus Karlsenga muxlislik qilganiga izoh berdi.
"Meni Kasparov Karlsenga muxlislik qilgani bezovta qilmadi, çunki men u bilan umuman muloqot qilmayman. Mening işim – şaxmat öynaş. U esa rossiyaliklarga qarşi iş qiladi va tabiiyki, u Karlsenni qöllab-quvvatlagan", deb aytdi Karyakin "Realnaya igra" dasturi efirida.
Karyakin va Karlsen örtasida şaxmat toji uçun keçgan bahs norvegiyalikning ğalabasi bilan yakunlandi va u çempionlik tojini özida saqlab qoldi.

















