Özbekistonda 4 dekabr kuni bölib ötgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotlarning 500 dan ortiq vakili kuzatuvçi sifatida iştirok etdi. ÖzA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatda böldi.

Igor Çamov, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi missiyasi vakili:
– Özbekiston Prezidenti saylovini kuzatiş uçun kelgan xalqaro kuzatuvçilar qatorida taşkilotimiz vakillari ham Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayoni bilan yaqindan tanişdi. Saylovda xalqingizning birdamligi, hamjihatligi va siyosiy faolligiga yana bir bor amin böldik. Mamlakatingizga ilk bor kelib, bu tarixiy voqeada kuzatuvçi bölib qatnaşayotganimdan xursandman.

Masanori Aikyo, Aiçi Milliy universiteti prezidenti (Yaponiya):
– 14-Toşkent saylov okrugida va bir neçta saylov uçastkasida bölib, aholining ovoz beriş jarayonini kuzatdim. Aholi saylovga jiddiy yondaşayotgani menda yaxşi taassurot qoldirdi. Saylov oçiq-oşkora, demokratik ruhda ötdi. Özbekistondagi bu qadar yuksaliş diqqatga sazovor.

Mixail Kozlov, Rossiya Federal Majlisi Federatsiya kengaşining Mudofaa va xavfsizlik qömitasi a'zosi:
– Bu saylov özbek xalqi öz kelajagi, öz Vatani taraqqiyoti uçun katta va muhim qadam qöyganining amaliy ifodasi böldi. Saylovning yuksak uyuşqoqlik va faollik bilan ötganida mamlakatdagi tinçlik va barqarorlik muhim omil böldi, deb hisoblayman.

Gao Yuyşen, Xitoy Xalq Respublikasi Taşqi işlar vazirligining maxsus elçisi:
– Men bir qator saylov uçastkalariga borib, erta tongdanoq odamlarning ovoz beriş jarayonida faol iştirok etganiga guvoh böldim. Özbekistondagi saylovlar milliy qonunçilik hamda xalqaro andozalarga töla mos tarzda ötdi. Saylov uçastkalarida barça toifadagi saylovçilar, jumladan, alohida ehtiyojli fuqarolar, bolali ayollar, keksalar uçun qulay şaroit yaratilgani e'tiborga sazovor.

Dominik Tilmans, Belgiya Qirolligining faxriy senatori:
– Özbekistonga har safar kelganimda ulkan özgarişlar, hayratlanarli rivojlanişning guvohi bölaman. Özbekiston saylov tizimi takomillaştirilgan. Oçiqlik, tenglik va xolislik kabi demokratik talablar ta'minlangan. Men saylov jarayonini bevosita kuzatdim, demak, uşbu jarayonga töğri va xolis baho bera olaman. Özbekistonning milliy saylov qonunçiligiga kiritilgan sönggi özgartiriş va qöşimçalardan xabarimiz bor. Turli millatlar, imkoniyati çeklangan fuqarolar uçun teng qulayliklar yaratilgani – bu demokratiyaning yorqin körinişi. Siyosat sohasida 27 yillik tajribaga egaman. Binobarin, saylov tizimini yaxşi tuşunaman va şu nuqtai nazardan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yuqori darajada taşkil etilgan, deb hisoblayman.