Rossiyalik grossmeyster Sergey Karyakin şaxmat toji uçun norvegiyalik Magnus Karlsen bilan keçgan bahsdagi eng afsuslanarli lahza haqida gapirib ötdi. Bu haqda 5 dekabr kuni TASS xabar bermoqda.

«Afsuslanarli lahzalar böldi. Men öninçi partiyani durang qilişim mumkin edi, ammo yutqazdim. Agar öşanda durang qilganimda, yakuniy ğalaba uçun menda ikki marta mağlubiyatga uçramaslik qolardi. Şuni tan olib aytiş lozim-ki, klassikadagi uçinçi va törtinçi partiyalarda menga sal omad kulib boqdi. Magnus ulardan birida ğolib çiqişi mumkin edi», — dedi Karyakin.

Şaxmat böyiça jahon çempionligi uçun ötkazilgan bahs 11-30 noyabr kuni Nyu-Yorkda bölib ötdi. Raqiblar 12 asosiy partiyada ğolibni aniqlay olişmadi: sakkiz marta Karyakin, ön marta — Karlsen zafar quçdi. Qolganlari durang bilan yakunlandi. Şundan söng ğolib tay-breykda aniqlandi va unda Karlsen ğolib böldi.