Dunyoning 22ta davlatidan jami 1300 nafar sportçi qatnaşayotgan yilning sönggi nufuzli musobaqasida Özbekiston yoşlar va kattalar terma jamoasi ham töliq tarkibda (47 nafar) iştirok etyapti. Musobaqa Belarus poytaxti Minsk şahrida taşkil etilgan.

Hamyurtlarimiz keçagi kungi bahslardan söng 8ta oltin medalni qölga kiritişga muvaffaq bölişdi.

Öz vazn toifalarida Jasurbek Salimov (45 kg), Malika Çoriyeva (63 kg), Kamronbek Toxirov (40 kg), Ruxşona Saidova (29 kg), Zarguna Axrorqulova (35 kg), Mahfuza Jumaboyeva (40 kg) oltin medal bilan taqdirlanişdi. 

Til bahslarida Zarguna Axrorqulova va Aleksandr Çetvertikov ham şoxsupaning eng yuqori poğonasiga kötarilişdi. Sabina Mahmanazarova esa til bahslarida kumuş medalga sazovor böldi.

Terma jamoamiz a'zolaridan Denis Kim, Yevgeniy Kim, Gulijon Bahromova (46 kg), Nafisa Usmonova (23 kg) va Oygul Bolat (52 kg) bronza medali bilan Toşkentga qaytişadi.