2−4 dekabr kunlari Minskda (Belarus) «MDH oçiq kubogi — ITF taekvondo böyiça jahon kubogi» turniri bölib ötdi. Bu haqda ITF taekvondo Milliy assotsiatsiyasi ma'lumotiga asoslanib, «Gazete.uz» xabar bermoqda. 

Musobaqada Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Çexiya, Estoniya, Finlyandiya, Germaniya, Qirğiziston, Qozoğiston, Şimoliy Koreya, Latviya, Moldova, Rossiya, Slovakiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Uels singari 19ta mamlakatdan 1,2 mingdan ziyod sportçi taşrif buyurdi. Jumladan, Özbekistondan 47 vakil iştirok etdi. 

Turnir yakunida Özbekiston jamoasi 34 medalni — 17 oltin, 1 kumuş, 16 bronzo qölga kiritdi va umumiy hisobda birinçi örinni egalladi. 

Terma jamoa, şuningdek, erkaklar örtasida jamoaviy sparringga tuşiş böyiça birinçi örinni qölga kiritdi. Yoşlar bu borada uçinçi böldi.