2017 yil 1 apreldan boşlab turizm maqsadida Özbekiston Respublikasiga 30 kundan ortiq bölmagan muddatga keluvçi Avstraliya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Niderlandiya, Koreya Respublikasi, Singapur, Finlyandiya, Şveytsariya va Yaponiya fuqarolari uçun viza tartibi bekor qilinadi. Bu xorijiy fuqarolarning Özbekiston Respublikasiga taşrifi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş va viza tartib-taomillarini soddalaştiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan "Özbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirişni ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmonida közda tutilgan.

Şuningdek, Belgiya Qirolligi, Indoneziya, XXR (turistlar guruhlari tarkibida), Malayziya, AQŞ, Fransiya, Vetnam, Isroil, Polşa, Vengriya, Portugaliya va Çexiyaning 55 yoşga tölgan va turizm maqsadida 30 kundan ortiq bölmagan muddatga Özbekiston Respublikasiga keluvçi fuqarolari uçun viza rejimi bekor qilinadi.

Yuqorida nomlari keltirilgan xorijiy davlatlarning fuqarolari Özbekiston Respublikasiga kirişda 50 AQŞ dollari miqdorida Davlat byudjyetiga ötkaziladigan kiriş yiğimi tölaydi.

Kiriş yiğimi tölanganligini tasdiqlaydigan hujjat mamlakatga kiriş uçun asos hisoblanadi.

"Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Markaziy bank bilan birgalikda 2017 yil 1 martgaça bölgan muddatda xorijiy fuqarolar tomonidan kiriş yiğimi tölanişi tartibini tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin", deyilgan farmonda.

Şu bilan bir qatorda, 2017 yil 1 yanvardan boşlab barça mamlakatlar uçun 30 kun muddatga beriladigan yagona sayyohlik vizasini joriy etiş böyiça takliflar tayyorlanişi lozim. Bunda tranzit, xalqaro aeroportlarda va Özbekiston davlat çegaralari orqali ötkaziş punktlarida viza oliş tartiblari sezilarli soddalaştiriladi. Şuningdek, Özbekistonda sayyohlik sohasida faoliyat olib boruvçi çet ellik mutaxassislarga ruxsatnoma olişni ularga jismoniy şaxslar daromad soliğini tölaşda imtiyozlar taqdim etgan holda soddalaştiriş ham közda tutilgan.

Bundan taşqari, vizalarni rasmiylaştiriş va taqdim etişda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanişni kengaytiriş, jumladan, viza oliş uçun hujjatlarni topşiriş va anketalarni töldirişda Özbekistonning xorijdagi vakolatxonalari va Taşqi işlar vazirligi konsullik boşqarmasiga taşrif buyurmagan holda onlayn töldiriş tizimidan foydalaniş, şuningdek, 2018 yildan boşlab elektron viza tizimini tatbiq etiş ham belgilangan.