Venesuelada AK-103 avtomatlarini işlab çiqarişga ixtisoslaşgan zavod 2019 yilda işga tuşiriladi. Bu haqda RF boş vaziri örinbosari Dmitriy Rogozin Rossiya-Venesuela yuqori darajadagi komissiyasi yiğilişi yakunlariga köra ma'lum qilgan.
"2019 yilda AK-103 avtomatlari va ularga möljallangan öq-dorilarni işlab çiqariş töla hajmda amalga oşiriladi", - degan boş vazir örinbosari.
Uning aniqlik kiritişiça, "ikki-uç yil avval bölgan ba'zi bir muammoli masalalar hal etildi".
Rogozinning sözlariga köra, avtomatlarni işlab çiqariş böyiça barça kerakli uskunalar yetkazib berilgan.

















