Avstraliyalik Lyuk Mur mahalliy bankning kompyuteri xatosi hisobiga 2,1 millionlik bölib qoldi. Keyingi ikki yil mobaynida u qölga kiritgan pullarini qimmatbaho avtomobil, haşamatli sovğalar va sayohatga sarfladi. Ammo oradan vaqt ötib firibgarlikda ayblandi va qamoqqa taşlandi. 2016 yilning dekabr oyi boşlarida sud hukmni özgartirdi. Mur Daily Telegraph naşriga bergan intervyusida millionlar unga baxt olib kelmaganligini gapirib ötdi.
2010 yilning mart oyida St.George Bank banki yöl qöygan xatolik sabab millionlarga ega bölgan Lyuk bu haqida heç kimga xabar bermadi va pullarni öz ehtiyojiga sarflay boşladi.


Natijada Mur ikki millionga yaqin pulni naqdlaştirib oldi va ularga Maserati, Aston Martin va Alfa Romeo maşinalarini, şaxsiy kater, Maykl Jordanning futbolkasini, Maykl Jyeksonning imzosi tuşirilgan plastinkani, xuddi şunday şaxsiy imzo çekilgan Kayli Minougning fotosuratlarini xarid qildi. Mashable ma'lumotiga köra, gap avstraliya dollari haqida bormoqda.
Şundan söng bank xatolikni aniqladi va suddan uning uçun 10 yil qamoq jazosini berişni talab qildi. 2015 yilda hukm öqildi: avstraliyalik 7 yil qamoq jazosini oldi. Töplagan boyliklari musodara qilingaç, beş oy muddat qamoqda ötirgan yigit, sud hukmi bilan ozod etildi.
















