1992 yil 10 dekabr «Özbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.
Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligiga ham 24 yil töldi.
Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qaraş har bir yurtdoşimizning vatanparvarlik burçidir deb belgilab qöyilgan. Özbekiston fuqarolari, şuningdek, mamlakatimizda yaşab turgan boşqa şaxslar ham madhiyamizni hurmat qilişi şartligi alohida ta'kidlangan.
Davlat madhiyasining muallifi Özbekiston Qahramoni, Özbekiston xalq şoiri Abdulla Oripov bölib, musiqasini Özbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan. Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam işonçi teran ifodalangan. Unda mardona va şaraflarga boy ötmişimiz, milliy an'ana va qadriyatlarimiz, tinçlik, osoyiştalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyğular tarannum etilgan.
Madhiya – qalbida öz Vataniga muhabbat va sadoqat tuyğusi bor har qanday kişida milliy ğurur, öziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyğotadi. Bu milliy timsolda xalqning ötmişi, buguni va kelajagi, şuningdek, ziynati, orzu-öyi, maslak-maqsadi mujassam.
Özbekiston davlat madhiyasi yangraganda, «Serquyoş» sözi jaranglaşi bilan butun vujudimizda ajib entikiş, dilimizda çeksiz iftixor tuyğusini his etamiz. Çunki unda yurtimiz tarovati, buyuk kelajak barpo etiş yölida fidokorona mehnat qilayotgan xalqimizning orzu-intilişlari, Özbekistonimizning jahon hamjamiyatida tobora yuksalib borayotgan obro‘-e'tibori, heç kimdan kam bölmay, kelajakka qat'iy işonç bilan intilayotgan yoşlarimizning azmu şijoati aks etgan.
Özbekistonda mustaqillik yillarida xalqimizning ma'naviyatini yuksaltiriş, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Özbekiston Respublikasi madhiyasi yoşlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy özligimizga çuqur hurmatni şakllantirişda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bölib voyaga yetişida muhim tarbiyaviy vosita bölib xizmat qilmoqda.
Inson vujudidagi salomatlik yetmiş ikki tomirdagi qon aylanişining mö'tadilligi bilan baholansa, uning jamiyatdagi obro‘-e'tibori, odamiylik qiyofasi yana ikki mezonda çamalanadi — Iymon va Vijdon. Zero, iymoni pok odam ezgulikka moyil böladi.
U har doim yon-atrofdagi kişilarga, demakki, yurtiga, Vataniga xizmat qilişni özining insoniylik burçi deb biladi. Vijdon uyğoqligi esa kişini sergaklikka, özi tuğilib ösgan yurtiga oid har qanday jarayonga daxldorlik hissini tarbiyalaydi. Bu xislatlar vatanparvarlikdan dalolatdir.
















