KXDR yetakçisi Kim Çen In Koreya Xalq armiyasining 525 raqamli harbiy qismiga nazorat safari uyuştirdi. U özining şaxsan buyruği bilan taşkil qilingan maxsus topşiriqli harbiylardan iborat batalonda bölgan. Markaziy Telegraf agentligi bergan ma'lumotga köra, Koreya Mehnat partiyasi va KXDR Davlat kengaşi raisi maxsus tayyorgarlikdan ötgan jangçilarning maşğulotlarini kuzatgan.

Davlat rahbarining qayd etişiça, "Batalon askarlari va zobitlarning omilkor harakatlari tufayli duşman qoçişga joy topa olmay qoladi va qarşi hujumlarga ötişga imkonsiz böladi".

Kim Çen In armiya qismlari jangovar holatda turişiga körsatma bergan.

Davlat rahbari batalon harbiylari bilan birga suratga tuşiş orqali ularni rağbatlantirgan. U şuningdek, maxsus topşiriqli bölinma harbiylariga avtomat va 2ta durbin hadya qilgan. 

Xabarda aniqlik kiritilişiça, Kim Çen In 3 noyabrda ham bu harbiy qismga kelgandi.