Dunyo miqyosida parlamentlardagi ayol spikerlar soni 2005 yildan buyon 19 nafardan 52 nafarga oşdi. Bu haqida duşanba kuni BAA poytaxtidagi Parlamentlarning ayol spikerlari xalqaro forumi oçilişida parlamentlararo ittifoq prezidenti Sobir Şudriy ma'lum qildi. 

U endilikda parlamentariylar hukumatlar uçun global kun tartibini belgilab berişini ma'lum qildi. Bundan taşqari, forum iştirokçilari oldida parlamentlararo, şuningdek qonunçilik va ijro hokimiyatlari örtasidagi hamkorlikni yölga qöyiş uçun "yöl xaritasi"ni tuziş vazifasi turganini ta'kidladi.

Duşanba kuni Abu-Dabida ikki kunlik XI Parlamentlarning ayol spikerlari xalqaro forumi öz işini boşladi. Unda 50ga yaqin qonunçilik yiğinlari va parlamentlararo birlaşmalar rahbarlari iştirok etişdi. Şu bilan birga forumda olima, siyosatçi va tadqiqotçi ayollar ham qatnaşişdi.