Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirining 2016 yil 6 dekabrdagi 2846-sonli buyruği bilan mamlakatimizdagi barça dorixonalarda bölişi majburiy bölgan dori vositalari va tibbiy buyumlar röyxati tasdiqlandi. Bu haqida 13 dekabr kuni Soğliqni saqlaş vazirligining rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Röyxatga 70 xil dori vositasi va 6 xil tibbiy buyum kiritilgan.
Manbaga köra, röyxatga kiritilgan dori vositalarining örniga xuddi şu tarkibdagi ta'sir qiluvçi moddalar va dori şakliga ega bölgan hamda Özbekistonda röyxatdan ötgan boşqa dori vositalari tan olinadi.
Bu hujjat qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi portalida muhokama uçun joylaştirilganda, batafsil ma'lumot berilgan.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan. U 2017 yilning 12 martidan kuçga kiradi.












