Şu yilning noyabr oyi boşida amputatsiya qilingan odamlarga yordam körsatiş bilan şuğullanuvçi Amputee Coalition of America bir oyoği protez bölgan 2 yoşli Avrora Kayroning suratini naşr qilgandi. Bir oy ötib, uşbu quvnoq qizça internet foydalanuvçilari orasida maşhurlaşib ketdi.

Avroraning onasi homiladorlikning beşinçi oyidaligida homilada tuğma xastalik borligi aniqlandi - boldir suyaklaridagi gemimeliya. Şifokorlar Avrora tuğilişi bilan muvaffaqiyatli amputatsiya ötkazişdi va unga protez oyoq örnatildi.

Postlardan birida Rori gimnastika va suziş kurslariga qatnaşi va yugurişda birinçi örinni egallagani yozilgan.
Dekabr oyi boşida uşbu qizça Instagramda nihoyatda maşhurlaşdi. Uning suratlaridan biri soçlar şampuni dökoni instagramida qöyilgaç, bu surat 38 mingta layk yiğdi, Afropunk musiqa festivali akkauntida joylangan suratga esa 40 marta layk qöyildi.

Reper the Game öz instagramida Avroraning suratini joylaştirgaç, u yanada maşhurlaşdi. Ijtimoiy tarmoqning aksar foydalanuvçilari 2 yoşli qizçaning hayotga qaraşidan tölqinlanişganini ifoda etişgan va uni kuçli xarakterga ega qizça deb ataşgan.












