2016 yil 12 dekabr kuni bölib ötgan Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisida 2 senator va bir deputat vakolati muddatidan oldin tugatildi.
«Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatining va Senati a'zosining maqomi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi N.Kaimovning xalq deputatlari Töraqörğon tumani Kengaşi deputati vakolati tugatilganligi hamda A.Butayevning xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengaşi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan ularning Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zosi vakolati muddatidan ilgari tugatiş töğrisida qarorlar qabul qildi», deyilgan xabarda.
Şuningdek, majlisda 104-Quvasoy saylov okrugidan saylangan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputati M.Ubaydullayev Marğilon şahar hokimi etib tayinlanganligi munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatiş töğrisida ham qaror qabul qilingan.
«Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov töğrisida»gi qonunning 61-moddasiga muvofiq, böşab qolgan örinlarga senatorlarning saylovi hududiy davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegişli qöşma majlislarida ötkaziladi.













