Indoneziya poytaxti gubernatori Basuki Çaxaya Purnama ustidan sud jarayoni seşanba kuni Şimoliy Jakarta tuman sudida oçildi. Uni kufrda ayblaşmoqda, deb ma'lum qilgan sudya Dviarso Budi Santiarto.

"Yiğiliş jamoatçilik uçun oçiq va töğridan-töğri translyatsiya ham ötkaziladi. Bu holat faqat dalil-isbotlar borasida söz yuritilganda yuz bermaydi", - deya uning sözlarini keltiradi Detik internet-portali.

Sud binosi oldidagi tartib 2 ming politsiyaçi tomonidan saqlanmoqda, deb ma'lum qildi Jakarta Post naşriga poytaxt politsiyasi vakili Suyatno. Ayblov 13 prokuror tomonidan qöyilmoqda. Ularga esa 50 advokat qarşi çiqqan. Ayblanuvçi beş yilgaça qamoq jazosiga mahkum qilinişi mumkin.

Ma'lumot uçun, Purnama sentabr oyida poytaxt aholisi oldida çiqiş qilib, islom boşqa dindagi inson musulmonlarni boşqarişiga imkon bermasligi borasidagi sözlarga Qur'on surasidan iqtibos keltirgan. Uning gaplari esa titrlarda xato bilan berilgan va bu ommaviy norozilikka sabab böldi. Bir oy davomida yuz minglab musulmonlar iştirok etgan uçta ommaviy norozilik namoyişi ötkazildi. 

Eslatib ötamiz, Purnama — Jakartaga gubernator etib tayinlangan yarim asr davomidagi birinçi boşqa dindagi kişidir.