Özbekiston soğliqni saqlaş vazirligining endilikda sobiq rahbari Anvar Valiyeviç Alimov boşqa işga ötgan. Vazirlikdagi manbaning Kun.uz naşriga ma'lum qilişiça, u Respublika ixtisoslaşgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlangan.
1955 yili Toşkent şahrida tuğilgan Anvar Alimov 1999-2009 yillarda Toşkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, 2009-2012 yillarda Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
U 2012 yilning yozidan buyon Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vaziri lavozimida işlayotgandi.
Bundan oldinroq boş vazir örinbosari Adham Ikromov Soğliqni saqlaş vaziri etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.













