“Endokrinologiya xizmatini takomillaştiriş va kölamini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Aholiga körsatilayotgan endokrinologiya xizmatini taşkil etişning eng muhim yönalişlari belgilandi. 2022 yil 1 apreldan endokrin kasalliklarni erta aniqlaş va maqsadli kuzatişni ta’minlaş uçun tibbiy kuzatuv va patronajning yangi modeli joriy etiladi.
Unga köra, jumladan: oilaviy şifokorlar endokrin kasalliklarni taşxislaş hamda davolaş böyiça qayta tayyorlanadi; endokrin kasalliklar mavjud oilalarga maxsus tayyorgarlikdan ötgan patronaj hamşirasi biriktiriladi.
Qaror bilan 2022–2024 yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami körsatişni rivojlantiriş dasturi tasdiqlandi. Har yili kamida bir marta 40 yoşdan oşgan aholi qandli diabet va diabet oldi holatlari uçun maqsadli skriningdan ötkaziladi hamda endokrin kasalliklar aniqlangan bemorlar bilan muntazam aloqa örnatiladi.
2022 yil 1 fevraldan an’anaviy va masofaviy (aralaş) usulda tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimi yölga qöyiladi. 2022 yil 1 aprelgaça birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida şifokor oldi körigi xonalari taşkil etiladi.
Bemorlar quyidagilar bilan bepul ta’minlanadi:
- 25 yoşgaça bölgan qandli diabetning birinçi turi bilan kasallangan bemorlar analogli insulin hamda özini özi nazorat qiliş vositalari (glyukometr va maxsus test yaproqçalari) bilan;
- qandsiz diabet bilan kasallangan bemorlar, somatotrop yetişmovçilik bilan kasallangan bolalar hayotiy zarur maxsus dori vositalari (desmopressin va ösiş gormoni) bilan;
- 25 yoşdan oşgan qandli diabetning birinçi turi bilan kasallangan insulinga muhtoj, şuningdek, qandli diabetning ikkinçi turi bilan kasallangan bemorlar odam insulini bilan;
- qandli diabetning ikkinçi turi bilan kasallangan hamda ehtiyojmand sifatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bölgan bemorlar metformin dori vositasi bilan.
Respublika ixtisoslaştirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda hududiy tibbiyot muassasalaridan şaffof tanlov asosida tanlab olingan 50 nafargaça endokrinolog mutaxassislar har yili nufuzli xorijiy endokrinologiya markazlarida malaka oşirişga yuboriladi.













