Sobiq Yugoslaviya hududidagi mamlakatlar klublari iştirokida yangi xalqaro liga taşkil etilişi mumkin. Gap Serbiya, Xorvatiya, Bosniya va Gertsegovina, Sloveniya, Çernogoriya va Makedoniyadan bölgan 24 jamoa haqida ketmoqda.
Yangi liga loyihasi UYeFAga taqdim etilgan, 30 daqiqali taqdimot taşkilot prezidenti Aleksander Çeferin (Sloveniya futbol federatsiyasining sobiq rahbari) va UYeFAning turnirlar ötkaziş böyiça direktori Jorjio Marketti tomonidan körib çiqilgan.
Makedoniya futbol federatsiyasining turnirlar ötkaziş böyiça bölimi rahbari (aynan u taqdimotni tayyorlagan) Vaşko Doyçinovskining aytişiça, UYeFA rahbariyati loyihani yaxşi baholagan.
Turnir Çempionlar ligasi va Yevropa Ligasi formatida ötkazilişi rejalaştirilgan. Avvaliga klublar 4tadan bölib, 6 guruhga ajratiladi, bahorda pley-off öyinlari start oladi. Hozirça pley-off öyinlari 1/8 yoki 1/4 finaldan boşlanişi böyiça aniq qaror qabul qilinmagan.
Turnir taşkilotçilari ğolibga Çempionlar ligasi yöllamasi, ikkinçi finalçi jamoaga esa Yevropa Ligasida iştirok etiş uçun yöllanma berilişi közda tutilgan. Hozirça UYeFA bu borada javobini bildirmadi.
Yangi turnir 2018 yilning kuzidan boşlab ötkazilişi rejalaştirilgan.
















