"Batkivşçina" deputatlari fraksiya yiğilişida Nadejda Savçenkoni çiqariş masalasini körib çiqişadi, deb ma'lum qildi partiya rahbari Yuliya Timoşenko "112 Ukraina" telekanaliga.

Uning sözlariga köra, Savçenko özi istagan siyosiy faoliyatini boşlaşi mumkin.

"Uning "Batkivşçina" partiyasi bilan umumiy heç narsasi yöq. Bugun biz fraksiyani parlament sessiya haftasining birinçi kuniyoq çaqirişga qaror qildik", - ma'lum qilgan Timoşenko.

Uning ta'kidlaşiça, deputatlar yiğiliş doirasida Savçenko bilan suhbat ötkazib, söng yakuniy qarorga kelişadi.