Soğliqni saqlaş vazirining 2016 yil 30 noyabrdagi 2842-sonli buyruği bilan retseptsiz beriladigan dori vositalarining yangi röyxati tasdiqlandi. Bu haqida 13 dekabr kuni Soğliqni saqlaş vazirligining rasmiy saytida xabar berildi. 

Ma'lum qilinişiça, bundan avval amalda bölgan, şifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining röyxati öz kuçini yöqotgan.

Yangi röyxat 192 (ilgari – 186) nomdagi monopreparatlarni va 1033 (ilgari – 983) nomdagi majmuaviy preparatlarni öz içiga oladi.

Ilgarigidek, Özbekistonda röyxatdan ötgan va dorixonalardan retseptsiz beriladigan dori vositalari röyxatiga kiritilgan dori vositalarining xuddi şu tarkibdagi ta'sir qiluvçi moddalari va dori şakliga hamda dozasiga ega bölgan dori vositalari ham kiradi. 

Şuningdek dori vocitalarining öramlari, qöllaş böyiça yöriqnomalari, ilova varaqalarida körsatilgan dori vositalarini berişda röyxatga amal qilinişi kerakligi ta'kidlanadi.

Hujjat 2016 yilning 5 dekabridan kuçga kirgan.