13 dekabr kuni Janubiy Koreyaning Ulsan şahridagi harbiy bazada bölgan portlaş oqibatida 20 kişi jarohatlandi. Bu haqda “Ryonxap” xabar bermoqda.
Hozirça portlaş sabablariga oydinlik kiritilmagan. Yaradorlarning barçasi, ularning aksari kuyiş jarohatini olgan, şifoxonaga olib borilgan.
Agentlikning ma'lum qilişiça, voqea vaqtida heç qanday harbiy maşğulot ötkazilmayotgan bölgan. Harbiylar hozirça rasmiy bayonot bilan çiqişmagan.












