Osiyo Çempionlar Ligasining 2017 yilgi mavsumi uçun qur'a taşlaş marosimi bölib ötdi.

Musobaqaning guruh bosqiçiga Özbekistondan faqatgina mamlakat çempioni «Lokomotiv» töğridan-töğri yöl olgan. Oliy Ligada ikkinçi va uçinçi örinlarni qölga kiritgan «Nasaf» va «Bunyodkor» pley-off bosqiçida iştirok etadi.
«Lokomotiv» «A» guruhida iştirok etadi. Bu guruhda toşkentliklar jamoasiga BAAning «Al-Ahli», Saudiya Arabistonining «At-Tavun» klublari raqib bölişi aniq. Guruhdagi törtinçi jamoa nomiga pley-off bosqiçidan keyin oydinlik kiritiladi. Bu örin uçun Eronning «Istiqlol» va Qatarning «As-Sadd» klublari kuraş olib boradi.

Ma'lumot uçun, sönggi ikki mavsumda OÇLda iştirok etgan «Lokomotiv» ikkinçi urinişda çorak finalga qadar yetib borgandi.













