Rossiyaning Saratov viloyatida ön yoşli bolani “öz joniga qasd qilişga olib boriş” böyiça jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda RF TQ hududiy boşqarma saytida xabar berilgan.

Ta'kidlanişiça, otasi farzandining jasadini uyda aniqlagan. Taxminlarga köra, bola öz joniga qasd qilgan, şu bilan birga heç qanday maktub qoldirmagan. Tergovçilar uning tanasida heç qanday jarohatlarni aniqlamadi.

Ma'lumotlarga köra, bola öz oilasi bilan viloyatning Ribuşka aholi punktida yaşagan. Uşbu voqeadan biroz avval esa ota-onasi unga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni taqiqlab qöygan. Ular şu yöl bilan farzandlarini bolalarni öz joniga qasd qilişga undovçi “ölim guruhlari” ta'siridan çiqarib olişmoqçi bölgan.

Kun.uz izohi: Hurmatli ota-onalar! Xabar söngida öz farzandlaringizga yanada e'tiborliroq bölişingizni sörab qolgan bölardik. Öz bolangizning internet va undagi turli ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini jiddiy nazorat ostiga oling. Zero, bugungi kundagi zamonaviy texnologiyalar bir tomondan qulaylik tuğdirsa-da, boşqa tomondan undagi turli bir qator zararli sahifalar ança xavfli va oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin. Farzandingiz tarbiyasi va kelajagi bevosita sizga boğliq ekanini unutmang!