Özbekiston Prezidenti sifatida oldinda turgan vazifalar haqida nutq sözlagan Şavkat Mirziyoyev aholi salomatligiga e'tibor kuçaytirilişi haqida gapirdi. Prezident nutqi televideniyeda uzatildi.

"Iste'mol tovarlari işlab çiqarişni kengaytiriş va aholining ularga bölgan ehtiyojini töliq qondiriş, jumladan, maqbul narxlar böyiça keng turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan xalqimizni töliq ta'minlaş oldimizda turgan muhim vazifalar qatoriga kiradi. 

Biz uçun bebaho boylik bölgan inson salomatligini asraş maqsadida soğliqni saqlaş sohasini, eng avvalo, uning birlamçi böğinidagi bölinmalari va qişloq vraçlik punktlari faoliyatini tubdan takomillaştiriş, tez tibbiy yordam va yuqori texnologiyalar asosida xizmat körsatadigan, ixtisoslaşgan maxsus markazlarni yanada rivojlantiriş yuzasidan çora-tadbirlar kompleksini amalga oşiriş Hukumatning e'tibor markazida bölişi darkor", deydi davlat rahbari. 

"Bu masalada kuni keça Soğliqni saqlaş vazirligi tizimidagi rahbar kadrlar töliq yangilandi va aytiş mumkinki, ularning tarkibi kuçaytirildi. 

Barçangizning xabaringiz bor, dori vositalari va tibbiy buyumlarga narxlarni şakllantiriş tizimini takomillaştiriş böyiça keyingi paytda aniq çoralar körilmoqda va biz bu işlarni qat'iy davom ettiramiz. 

Bu boradagi islohotlar aholiga tibbiy xizmat körsatiş va dori vositalari bilan ta'minlaş sifatini tubdan yaxşilaşga qaratilgani bilan alohida ahamiyatga ega", deya davom etgan Şavkat Mirziyoyev. 

12 dekabr kuni Soğliqni saqlaş vaziri almaştirildi. 2012 yilning yozidan buyon Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vaziri sifatida faoliyat körsatib kelgan Anvar Valiyeviç Alimovning örniga boş vazir örinbosari Adham Ikromov tayinlandi. Şuningdek, boş vazir örinbosari Bositxonova Elmira Irkinovna Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari etib tayinlangan.

Prezident bu özgarişlarga izoh bera turib, "zaxiradagi eng kuçli kadrlar muhim örinlarga qöyilgani"ga urğu qaratgan. U sohadagi avvalgi mas'ullarni mas'uliyatsizlikda aybladi.

Şuningdek, prezident nutqida eslatib ötilişiça, 2017-2021 yillarga möljallangan 15ta maqsadli dasturning ayrimlari qabul qilinib, ularning ijrosiga kirişildi va yaqin vaqt içida şu yönalişdagi boşqa dasturlarning barçasini tasdiqlaş böyiça işlar töliq yakunlanadi. 

Mazkur dasturlarning barçasini yagona maqsad birlaştirib turadi. Ya'ni, ular yaqin 5 yilda aholi punktlarini, ayniqsa, qişloq joylar, tuman va şaharlarni kompleks rivojlantiriş, zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini şakllantirişga doir bir qator dolzarb masalalarni hal etişga qaratiladi.