14 dekabrga ötar keçasi 2016 yildagi oxirgi superoy hodisasi kuzatildi. Bu hodisa Geminida meteorit yomğiri bilan ustma-ust tuşdi, deb yozmoqda The Telegraph naşri.

Bu superoy joriy yildagi uçinçisi böldi. Superoyga Oyning noodatiy yorqinligi xos bölib, u sababli meteoritlarni kuzatiş qiyinlaşadi: meteoritlarning yorqinligi superoy fonida 5-6 martaga susayadi.

Superoy hodisasi Oyning Yer atrofida elliptik orbita böylab aylanişi bilan boğlangan. Superoyda tölin oy holatidagi Oy uning Yerga maksimal yaqinlaşişiga töğri keladi. Bunday vaziyatda Oy Yerdan maksimal uzoqlaşganiga nisbatan diametrida 14 foizga kattaroq va 30 foizga yorqinroq kuzatiladi.

Tadqiqotçilarning baholaşiça, uşbu superoy joriy yildagi eng yirigi böldi. Keyingi marta bunday hodisani endi 2034 yildagina kuzatiş mumkin böladi.