Turkiyadagi sönggi terrorçilik xurujlari mintaqa, ayniqsa, Suriya va Iroqdagi vaziyat bilan çambarças boğliq. Şuningdek, qöporuvçiliklarga iqtisodiyotdagi tebranişlar ham asos bölmoqda, deb işonç bildirmoqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan. 

Bugun, 17 dekabrda Kaysari şahrida sodir etilgan teraktga munosabat bildirgan davlat rahbarining ta'kidlaşiça, terrorçilik taşkilotlariga qarşi ayovsiz kuraş turk xalqi yordamida davom ettiriladi.
 
Uning sözlariga köra, mazkur qöporuvçilik aktlari 79 mlnlik Turkiyaning har bir fuqarosi, xususan, armiya va politsiyaga qarşi qaratilgan. 

«Terrorçilik taşkilotlari Turkiya qarşi birlaşmoqda. Ayniqsa, barça zaxiralaridan foydalanayotgan KIP terrorçilari faollik körsatmoqda. Uşbu xurujda ham aynan Kurdiston işçi partiyasi aybdor. Hammasi oçiq oydin bölmoqda, ular Turkiyani zaiflaştirişni va sa'y-harakatlarini boşqa tomonga yönaltirişni xohlamoqda», -deb qayd etgan prezident. 

Kaysari şahridagi Erjiyes universiteti yaqinida sodir etilgan qöporuvçilik oqibatida, Turkiya Boş ştabi ma'lumotlariga köra, 13 nafar harbiy xizmatçi halok bölgan, 48 nafari yaralangan. Minalaştirilgan avtomobil avtobusga borib urilgan.