Samarqand quyosh elektr stansiyasini xitoyliklar barpo etadi

Foto: Google image
O‘zbekistonning Samarqand viloyatida quyosh elektr stansiyasini barpo etish bo‘yicha tenderda Xitoyning Zhuhai Singes Green Building Technology kompaniyasi g‘olib deb topildi. Ushbu kompaniya Markaziy Osiyodagi birinchi muqobil energiya stansiyasini qurib beradi. Bu haqda, “O‘zbekenergo” AJ matbuot xizmati xabar qilgan.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 iyundagi “Samarqand viloyatida quvvati 100MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish” investitsion loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi 2183-sonli qarori ijrosi doirasida va idoralararo tender kengashining 2016 yil 27 oktabrdagi qaroriga binoan Samarqand viloyatida qurilayotgan 100MVtli quyosh fotoelektr stansiyasini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha asosiy pudratchi deb “Zhuhai Singes Green Building Technology Co., Ltd” kompaniyasi belgilandi”, - deyiladi xabarda.
Ushbu tender 2014 yil oktabr oyida e'lon qilingan edi. Uni qurib, foydalanishga topshirish uchun 2 yil vaqt talab etilishi mumkin. Loyihani amalga oshirish bo‘yicha konsalting xizmatini Germaniyaning GOPA International Energy Consultant, Suntrace va Renewables Academy firmalari ko‘rsatadi.
“O‘zbekenergo” ma'lumotlariga ko‘ra, mintaqadagi birinchi shunday elektrstansiya yiliga 200 million kVt*soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi kerak. 275,8 mln AQSh dollari miqdoridagi loyiha Osiyo taraqqiyot banki va O‘zbekiston rekonstruksiya va rivojlanish fondining 110 mln dollarlik kreditlari hamda “O‘zbekenergo”ning 55,8 mln dollar miqdoridagi o‘z mablag‘i hisobidan moliyalashtiriladi.
Umuman, 2020 yilgacha O‘zbekistonda uchta quyosh elektr stansiyasi barpo etilishi kerak. Ularning jami quvvati 300 MVtni tashkil etadi. Samarqanddan tashqari, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida ham shu kabi stansiyalar quriladi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tehronda O‘zbekiston-Eron biznes forumi o‘tkazildi
O‘zbekiston | 21:05
-
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda
O‘zbekiston | 20:56
-
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi
Jahon | 20:43
-
Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
O‘zbekiston | 19:47
Mavzuga oid

16:04 / 10.05.2025
Xitoy Andijonda avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishi mumkin

20:39 / 09.05.2025
Tramp Xitoy tovarlariga bojlarni kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

18:33 / 09.05.2025
Xitoyda hayvonlar ovozini inson tiliga o‘giruvchi dastur bo‘yicha ish boshlandi

14:12 / 09.05.2025