Özbekiston Respublikasi Prezidentining Şavkat Mirziyoyevning navbatdagi qarori e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi çaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini ötab bölgan harbiy xizmatçilarni Qurolli Kuçlar rezerviga böşatiş töğrisidagi qaror matni ÖzA tomonidan taqdim etilgan.

«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Çaqiriliş muddatini keçiktiriş huquqiga ega bölmagan Özbekiston Respublikasining çaqiruv yoşidagi fuqarolari 2017 yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga çaqiriladi.

Muddatli harbiy xizmatni ötaşga yaroqli hamda çaqiriliş muddatini keçiktiriş va çaqirilişdan ozod etiş huquqiga ega bölmagan, biroq uşbu çaqiruv mobaynida Qurolli Kuçlar safiga çaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik çaqiruvi rezerviga olinadi.

Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini ötab bölgan harbiy xizmatçilar 2017 yilning fevral-aprel oylarida Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari rezerviga böşatiladi.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşining kotibi V.Mahmudov zimmasiga yuklangan.