Quloqçinlaringizni oxirgi marta qaçon tozaladingiz? "Layfxaker" quloqçinlarga ziyon yetkazmay, çang va kirlardan qanday tozalaş mumkinligi haqida hikoya qiladi.
Bugungi kunda quloqçinlardan deyarli har kuni foydalanamiz: işga yoki öqişga ketayotganda va u yerdan qaytayotganda. Quloqçinlarni sumkadan yoki çöntagimizdan olayotganimizda, odatda ularning tozaligiga e'tibor bermaymiz.
Agar quloqçinlaringizni birovga berib tursangiz, ular bir kişidan boşqasiga bakteriya taşişi mumkin. Natijada bu quloq infeksiyasiga olib kelişi mumkin. Tabiiyki, ularni ozoda saqlaş kerak, lekin qanday qilib?
Quyida bu borada bir neça taklif beriladi.
Quloqçinlarni tozalaş uçun iliq suv va sovun töğri keladi. Şuningdek idiş yuviş vositalaridan ham foydalaniş mumkin.
Bir parça yumşoq mato va ozgina sovunli suv ham quloqçinlarni yaxşi tozalaydi. Sovunning haddan taşqari köp bölişi quloqçinlarda iz qoldiradi. Şu bois ularni vodorod peroksid bilan artib taşlaş yaxşi natija beradi.
Agar quloqçinlarning içki qismida çang yoki kir yiğilgan bölsa, uni eski tiş çötkasida tozalab köring.
Agar quloqçinlarning ajraluvçi silikon qismi bölsa, uni alohida olib, yuvib taşlang.
Quloqçinlarni heç qaçon suvga solmang, hatto bir soniyaga ham.
Unutmang! Quloqçinlarni faqat qurilmadan ajratilgan holatda tozalang.













