AQŞning saylangan prezidenti Donald Trampning bolaligi ötgan uy 1,25 million dollarga sotildi. Uni nomi oşkor etilmayotgan şaxs xarid qilgan, deb xabar beradi New York Post.

Uy Nyu-Yorkning Kuins tumanida joylaşgan. Uni ajraşayotgan er-xotinlar – restoran biznesi bilan şuğullanuvçi Ayzek Kestenberg va rafiqasi Klaudiya sotuvga qöydi. Ular binoni 2008 yilda 782,5 ming dollar evaziga xarid qilişgan.

Uyning yangi egasi köçmas mulk sohasida işlovçi nyu-yorklik sarmoyador ekani ma'lum, xolos. U uyni kimoşdi savdolarga qöyib bölgan. Savdolar Trampning inauguratsiya marosimiga bir neça kun qolganda – 17 yanvar kuni ötkaziladi.

Ta'kidlanişiça, investor uy u bergan mablağdan ança qimmatroq turişini yaxşi tuşunib turibdi.

Eslatib ötamiz, Tramp sentabrda teleboşlovçi Jimmi Fellonga The Tonight Show dasturida bolaligi ötgan uyni sotib oliş niyatida ekanini ma'lum qilgandi. Bino siyosatçining otasi Fred Tramp tomonidan 1940 yilda qurilgan.