Rostgöylik va omonatdorlik - bu rizqqa baraka kirişining, turmuş obod va farovon bölişining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Payğambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Oldi-berdi qiluvçi ikki kişi (ya'ni sotuvçi va xaridor) to bir-birlaridan ajralmagunlariça (molni oliş yoki sotiş borasida) ixtiyorga egadirlar. Agar ular rost sözlab, (molning holatini çiroyli) bayon qilsalar, savdolariga baraka beriladi. Bordiyu, bir-birlarini aldab, (molning aybini) berkitsalar, savdolarining barakasi öçiriladi» (Sahihayn).

Demak, tadbirkor, savdogar kişi rostgöylikni özining şioriga aylantirib olişi kerak ekan. Ana şunda uning rizqi va kasb qilib topgan narsalariga baraka ato qilinadi. Abu Said Xudriy (roziyallohu anhu) dan rivoyat qilingan hadisi şarifda bunday marhamat qilinadi:

 التاجر الصدوق الأمين مع النبيين والصديقين والشهداء

«Rostgöy, omonatdor tijoratçi (jannatda) payğambarlar, siddiqlar va şuhadolar bilan birga böladi» (Imom Termiziy rivoyati).

Bu hadisning ma'nosi barça oldi-sotdi bilan şuğullanuvçilar, tadbirkorlar, kasb-hunar egalarini qamrab oladi. Darhaqiqat, tadbirkorlar, işbilarmonlar va tijorat ahli kişilar bilan eng köp muomalada böladigan toifa hisoblanadilar. Ular öz muomalalarida yolğon sözlaş, notöğri guvohlik berişdan özlarini saqlaşlari kerak. Zero, yolğon gapiriş ayni gunohi kabiradir. 

Sotuvçi molini maqtaganida, xaridorning esa uni yomonlaşi, söng sotuvçi molini maqtab, qasam içişi makruh sanaladi. Agar uning qasami rost bölmasa, bu iş haromga aylanadi. Tojir garçi sözi rost bölsa ham, qasam içişdan tiyilişi afzal. Negaki, qasam içişga odatlanib qoliş asta-sekin yolğondan qasam içişga ham olib boradi. Boz ustiga, Alloh taoloning muqaddas nomini molni ötkaziş uçun bozor-öçarlarda qasamlarga nişon qilişdan yuqori tutişimiz kerak. Ba'zilar öz mollarini haddan taşqari maqtab, qasamxörlik qilişga ötadilar, mollarini tezroq sotiş uçun hatto yolğondan qasam ham içadilar. Bu işlar ehtimol zohirdan öşa molning bozorini çaqqon qilayotgandek körinsa ham, ammo barakasi kötarilişiga olib keladi. Ustiga ustak, kişi gunoh ham orttirib oladi. Hadisi şarifda:

الحلف منفقة للسلعة ممحقة للبركة

«Qasam molning bozorini çaqqon qiladi, ammo barakasini ketkizadi», deyilgan (Imom Buxoriy, Muslim va Nasoiy rivoyatlari).

Tojir savdoda firibgarlikning, aldovning har qanday körinişidan uzoq bölişi zarur. Birovga narsa sotayotganida aldam-qaldam aralaştirmasdan, insof va rostgöylik bilan savdo qilişi lozim. Zero, firibgarlik, qalloblik odamlar örtasiga nizo soladigan, soğlom jamiyat ildiziga bolta uradigan balodir. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam)  bunday illatdan qaytarib: