Air Canada aviakompaniyasining  Toronto-London reysini amalga oşirayotgan samolyoti 10 yoşli qizçaning yuragi bilan muammolar yuz bergani sababli Irlandiyada favqulodda qönişiga töğri keldi, deb xabar bermoqda RTE telekanali. 

Samolyotning kelişini yerda şifokorlar kutib turişgan. Qizça tezlik bilan şifoxonaga yetkazilgan, biroq uni qutqarib qolişning iloji bölmagan. Ma'lum qilinişiça, qizçaning yuragi urişdan töxtab qolgan. 

Aviakompaniya qizçaning vafot etganini tasdiqlagan.