Suriyaning Al-Bob şahrini IŞID jangarilaridan ozod qiliş operatsiyasi yakunlovçi bosqiçida turibdi, deb ma'lum qildi Istanbulda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan.

"Şahar örab olingan, Suriya muxolifati otryadlari Turkiya qurolli kuçlari qismlari bilan birga Al-Bobga kirişdi. Yaqin orada bu şahar öz egalariga qaytariladi", deb aytdi Erdöğan hamda Turkiya qayerda adolatsizlik bölsa, xoh Myunbiç, xoh Raqqa bölsin, yordamga kelişini ta'kidlab ötdi. 

Erdöğan "Efrot qalqoni" operatsiyasi boşida Turkiya qurolli kuçlari Suriya ozodlik armiyasi bilan birga Jarablus şahriga kirgani, söngra esa Al-Ray aholi punkti ustidan nazoratni ta'minlaganini eslatib ötdi.

"Suriya ozodlik armiyasi örtamiyona Suriya muxolifatini bildiradi va terrorçilikqa heç qanday aloqasi yöq. Bu Suriya yerlarini ozod qiliş uçun kuraş olib boruvçi harakatdir", deb aytdi Erdöğan va Turkiya qurolli kuçlari Suriya ozodlik armiyasini "örgatiş va ta'minlaş" dasturi doirasida örgatganini ta'kidlab ötdi.