Portugaliya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi hujumçisi Kriştanu Ronalduning ijtimoiy tarmoqlar orqali Suriyadagi bolalarga qilgan murojaati 15 million marta körilgan va 2 milliondan ortiq "layk"ka ega bölgan.
Facebook foydalanuvçilari videomurojaatni 10,5 million marta körişgan, 750 ming marta "layk"laşgan, 150 ming foydalanuvçi bu video bilan öz sahifasida bölişgan, unga 30 ming izoh yozilgan.
Instagram foydalanuvçilari futbol yulduzining videomurojaatini 4,1 million marta körişgan va u 1,4 million "layk" hamda 50 ming izoh töplagan.
Twitter'da esa Ronalduning posti 60 ming "layk"ka ega bölib, 50 ming marta retvitlangan.
Kriştianu Ronaldu Halab va uruşdan jabr körgan boşqa şaharlardagi bolalarga oziq-ovqat, tibbiy va psixologik yordam körsatiş kampaniyasiga qöşildi.
Ronaldu "Bolalarni qutqaramiz" (Save the Children) dasturi uçun suriyalik bolalarga videomurojaat yöllab, ularni haqiqiy qahramonlar deya ta'riflagan.
"Salom, bu Suriyadagi bolalar uçun. Biz sizning azoblanayotganingizni bilamiz. Men juda maşhur futbolçiman, lekin haqiqiy qahramonlar - sizlar. Umidingizni söndirmang - butun dunyo siz bilan! Biz siz uçun qayğuryapmiz. Men sizlar bilanman!", - dedi futbolçi.
Ronalduning sözlariga köra, barça mablağlar Suriyadagi oilalarga ötkaziladi.













