27 dekabr kuni Dubayda Yevropa klublari assotsiatsiyasi hamda Yevropa futbol agentlari assotsiatsiyasi tomonidan ta'sis etilgan Globe Soccer Awards futbol olamidagi 2016 yilning eng yaxshilarini taqdirladi.

Foto: Twitter/Globe_Soccer

2016 yilning eng yaxshi klubi deb "Real Madrid" topildi. Madridliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa yilning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga munosib ko‘rildi.

Foto: Twitter/Globe_Soccer

Portugaliya bilan Yevropa chempionatini qo‘lga kiritgan Fernandu Santush eng yaxshi murabbiy, Mark Klattenburg eng yaxshi hakam, Samuel Eto’O faoliyatidagi umumiy yutuqlar uchun sovrin bilan taqdirlandi.

Foto: Twitter/Globe_Soccer

Bundan tashqari Mino Rayola yilning eng yaxshi agenti, "Real Madrid" rahbari Florentino Peres eng yaxshi prezident deb topildi.