Ukraina faqat xom aşyo eksport qiladi, biroq tayyor mahsulotni sotişdan ança köproq daromad olişi mumkin edi, deb aytdi "Batkivşina" fraksiyasi rahbari Yuliya Timoşenko NewsOne telekanaliga bergan intervyusida.  

"Biz papuaslar kabimiz, faqat xom aşyo sotamiz, tuşunyapsizmi? Ğalla, kungaboqar, makkajöxori, raps, buğdoy sotamiz", deb aytdi Timoşenko va mamlakatda qişloq xöjaligi yerlarini sotiş bilan boğliq vaziyatga yöl qöyib bölmasligini aytdi.

Avvalroq Timoşenko Kiyev eksportdan "bor-yöği 18 mlrd dollar" olişini aytgandi. Uning aytişiça, Italiyadan örnak oliş kerak, bu yerda xom aşyo bilan emas, balki pitssa, peçene, spagetti kabi tayyor mahsulotlar bilan savdo qilinadi va bir gektar yerdan Ukrainadan köra 10 marta köproq daromad olinadi.