Şimoliy Kipr hukumati taniqli turk modeleri Barbaros Şansalni qölga oldi. U Turkiya va turk xalqini haqorat qilişda gumon qilinmoqda, deb xabar beradi Cyprus Mail naşri.

Gazeta ma'lumotlariga köra, Şansal Yangi yil kirişiga oz vaqt qolganda ijtimoiy tarmoqlarga videomurojaatini joylaştirgan. Unda esa Turkiyada qölga olingan jurnalistlar, hukmron adolat va rivojlaniş Partiyasidagi korrupsiya haqida söz yuritib, mamlakat diniy arboblarini “mutaassiblar” deb atagan. 

Modeler Anqara talabiga köra qölga olindi va yaqin vaqt içida Turkiyaga çiqarib yuboriladi. U yerda unga nisbatan jinoiy iş qözğatiladi.

Ta'kidlanişiça, modeler internetga videoni Istanbuldagi tungi klubda yuz bergan teraktga yarim soat qolganida yuklagan. Bu esa u hujumga aloqador bölişi mumkin, degan taxminlarni keltirib çiqargan.

Ma'lumot uçun, Istanbul şahridagi tungi klubga 1 yanvar kuni uyuştirilgan qurolli hujum oqibatida 39 kişi halok böldi, 69 kişi jarohatlandi.