Tan olinmagan Şimoliy Kipr Turk Respublikasi (ŞKTR) prezidenti saylovida muxolifatdagi Turkiya Jumhuriyat partiyasi yetakçisi Tufan Erhyurman 63 foizga yaqin ovoz bilan ğalaba qozondi. Uning raqibi, Turkiya tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan va Kiprning bölinişi tarafdori bölgan amaldagi prezident Ersin Tatar taxminan 36 foiz oldi.

Turkiya Jumhuriyat partiyasi Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanga muxolifat hisoblanadi.

Erhyurman natijalarni «Kipr turklarining umumiy ğalabasi» deb atadi va Turkiya bilan yaqin munosabatlarni saqlab qolişga va’da berib, xavotirga örin yöqligini ta’kidladi. Şuningdek, orolni birlaştiriş böyiça muzokaralarni qayta boşlaş niyatida ekanini ma’lum qildi.

Erhyurmanning ğalabasi muhim siyosiy buriliş sifatida qaralmoqda: Kipr masalasini federativ hal qiliş tarafdori bölgan muxolifat nomzodi yetakçi pozitsiyaga çiqdi.

Bu geosiyosiy dinamikaga ta’sir qilişi mumkin: ŞKTR Turkiyaga juda boğliq va Erhyurmanning kursi Anqara va Kiprning ikkinçi (yunonzabon) qismi bilan munosabatlarni qayta körib çiqişga olib kelişi mumkin.

Erhyurman jamoasi islohotlar, fuqarolik jamiyatining köproq iştiroki, tayinlaşning şaffofligi va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni va’da qilmoqda.

Şimoliy Kipr Turk Respublikasi qisman tan olingan davlat bölib, aholisi 300 ming kişidan kam bölgan Kipr orolining şimoliy uçdan bir qismini egallaydi. Faqat Turkiya tomonidan tan olingan va uning iqtisodiy, siyosiy va harbiy yordamiga juda boğliq. Turkiya Şimoliy Kiprda öz qöşinlari kontingentini joylaştirgan, Kipr Respublikasi va BMT uni okkupatsion kuç deb hisoblaydi. ŞKTR Islom hamkorlik taşkiloti va Turkiy davlatlar taşkilotida kuzatuvçi maqomiga ega.