Özbekistonda 2017 yilning 1 yanvaridan boşlab mobil aloqa (uyali aloqa kompaniyalari) xizmatini körsatuvçi yuridik şaxslar tomonidan abonentlik raqamini işlatiş uçun tölov miqdori oyiga 2000 söm etib belgilandi. 

Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasining 2017 yilga möljallangan asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozi va davlat byudjyeti parametrlari töğrisida”gi qarorida körsatib ötilgan.

Şu bilan bir qatorda, mablağlarning 85 foizi Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyetiga va 15 foizi Özbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş Vazirligi qoşidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlantiriş Jamğarmasiga yönaltiriladi. Ular investitsion loyihalar va axborotlaştiriş dasturlari hamda telekommunikatsion tarmoqlarni rivojlantirişda işlatiladi.

Tölov har bir abonentlik raqami uçun olinadi. Ularning soni esa oyning sönggi kunidagi holat böyiça aniqlanadi.

Ma'lumot uçun, 2016 yilda abonentlik raqamini yuridik şaxslar tomonidan işlatiş uçun olinadigan tölov miqdori 1500 sömni taşkil qilgan.