NASA’ning Xalqaro koinot stansiyasidagi fazogirlari Robert Kimbrou va Peggi Uitson 6 yanvarda oçiq koinotga çiqib, stansiyaning elektr ta'minoti tizimini modernizatsiyalaş böyiça işlarni bajarişdi.
Koinotga çiqiş belgilangan vaqtda ötdi. Fazogirlar koinotga Toşkent vaqti bilan soat 15:23da çiqişgan.
Fazogirlar stansiya sirtida uçta yangi litiy-ionli batareyalarni örnatişgan va boşqa qöşimça işlarni bajarişga kirişişgan. Ular taxminan 6,5 soatça oçiq fazoda bölişlari kerak. Kimbrou uçun bu uçinçi, Uitson uçun esa yettinçi oçiq koinotga çiqiş bölgan.
Fazogirlarga stansiyadan YeKA fazogiri Tom Peske va rossiyalik fazogir Oleg Novitskiy kömak körsatişgan.
Stantsiyaga dekabrda 6 ta yangi litiy-ionli batareya 12 ta amaldagi vodorod-nikelli batareya örniga keltirilgan. Eski batareyalardan 9 tasi stansiyani tark etuvçi yuk kemalarida olib ketilişi, qolgan 3 tasi esa öçiq holatda stansiya sirtida qolişi kerak. Bu batareyalardan birinçi 6 tasi Yaponiyaning "Konotori-6" yuk kemasida yanvar oxirida stansiyani tark etişi kerak.
NASA’da ta'kidlanişiça, yangi batareyalarning ölçami avvalgilardan kiçikroq va şu bilan birga, köproq energiyaga ega va foydalanişda unumlidir.

















