XXR Taşqi işlar vaziri Van I Afrika mamlakatlarini "Bitta kamar — bitta yöl" nomli iqtisodiy rivojlaniş strategiyasida iştirok etişga taklif qildi.

Van I 7-12 yanvar kunlari davomida Madagaskar, Zambiya, Tanzaniya, Kongo va Nigeriya böylab turne uyuştiradi.

"Xitoy Afrika mamlakatlarini "Bitta kamar — bitta yöl" nomli iqtisodiy rivojlaniş strategiyasida iştirok etişga taklif qiladi", — degan Van I Madagaskarda jurnalistlar bilan uçraşuv vaqtida.

Vazirning sözlariga köra, Afrika mamlakatlari tarixan Buyuk Ipak yölining bir qismi bölgan va yölning dengiz orqali yönalişida Ğarb bilan boğlovçi vosita sifatida iştirok etgan.

"Agar Afrika davlatlari yangi Buyuk Ipak yöli loyihasida iştirok etişga rozi bölsa, biz albatta buni faqat qöllab-quvvatlaymiz", — deya qöşimça qilgan Van I.

XXR TIV rahbari qayd etib ötganki,  Xitoy Afrikaning şarqiy qismida joylaşgan mamlakatlar vakillari bilan bu masalada muzokaralar ötkazgan va ma'lum siljişlarga ham erişgan.

Xitoy 2013 yilda "Bir kamar — bir yöl" nomli yangi iqtisodiy rivojlaniş strategiyasini joriy etişi haqida e'lon qilgandi. Bu loyiha Yevroosiyo mamlakatlari örtasidagi aloqalarni rivojlantirişni nazarda tutadi. Strategiya rivojlanişning asosiy 2 yönalişini nazarda tutadi: Buyuk Ipak yöli iqtisodiy kamari va dengiz yöli. Gap Şarq va Ğarb örtasida mahsulotlarni töğridan-töğri va imtiyozli yetkazib beriş uçun savdo yölagi taşkil etiş haqida boradi.